Naryn viloyatidagi Tyanshan tog‘lari bag‘rida, qoyali yonbag‘irlar orasiga yashiringan Kol-Ukok ko‘li yastanib yotadi. Qirg‘izcha nomi «sandiqdagi ko‘l» degan ma’noni anglatadi; tik yonbag‘irlar orasida pinhon qolgan bu maskanga nomi juda mos.
Kol-Ukok sari yo‘lning o‘zi ham sarguzasht. Gullar ochilgan yaylovlar va keng manzaralar namoyon bo‘ladigan tog‘ dovonlaridan o‘tasiz. Ko‘lga yaqinlashgan sayin salqin havo yuzni silaydi, sukunatni esa faqat tog‘ daryosining shildirashi buzadi.
Dengiz sathidan 3 000 metr balandda joylashgan Kol-Ukok — baland tog‘lar qo‘ynidagi ajoyib ko‘l. Uning tiniq, muzdek suvi atrofdagi qorli cho‘qqilarni aks ettiradi. Xushbo‘y giyohlardan tortib noyob edelveysgacha bo‘lgan o‘simliklar ko‘l qirg‘oqlarini bezab, manzaraga rang qo‘shadi.
Olisda joylashganiga qaramay, Kol-Ukok tabiat ixlosmandlari va sayr qilishni yoqtiradiganlar orasida mashhur. Manzarali so‘qmoqlardan yurib, tog‘ havosidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Sokkinroq hordiq istasangiz, ko‘l bo‘yida chodir tiklab, yulduzli osmonni tomosha qiling va mayin shamol sasini tinglang.
Kol-Ukok shunchaki sayyohlik maskani emas; bu yerda tabiat bilan hamnafas bo‘lish mumkin. Uning osoyishtaligi kundalik tashvishlarni unutib, go‘zallik va sukunat olamiga sho‘ng‘ishga yordam beradi. Unutilmas sarguzasht va yashirin go‘zallik izlayotgan bo‘lsangiz, Kol-Ukok siz uchun munosib manzildir.







